MTDP raisi Alisher Qodirov deputatlikka saylana olmadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman. Shahar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi va dastlabki natijalar e’lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra, saylovda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi g‘alaba qozondi va parlamentda eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritdi. Parlamentdagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

Liberal-demokratik partiyasiga 43 o‘rin;

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga 35 o‘rin;

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 21 o‘rin;

 Xalq demokratik partiyasi 18 o‘rin;

Ekologik partiya 11 o‘rinni egalladi.

Saylovda umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egallagan MTDP lideri Alisher Qodirov natijalar e’lon qilingach, quyidagicha fikr bildirdi:

Bu saylov O‘zbekistonda siyosiy muhit tom ma’noda o‘zgargani sifatida baholanishi kerak. Ochiq galashdik. Siyosiy partiyalar o‘rtasida o‘zaro raqobat ochiq va shaffof bo‘ldi. “Milliy tiklanish” partiyasi jamiyatimizga o‘z takliflarini berdi va hozirgi natijalar shuni ko‘rsatyaptiki, xalq parlamentdan yaqqol bir kuchning ajralib chiqishini emas, birgalikda ishlashni talab qilmoqda. Biz saylovni yakunlangan deb hisoblamaymiz”.

Dastlabki natijalar e’lon qilingach, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov saylovda yetarlicha ovoz to‘play olmagani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga aniqlik kiritish uchun partiya vakili bilan bog‘landik va bu xabar tasdiqlandi. Alisher Qodirov endi ikkinchi turda saylanishi mumkin.

Saylov natijalari e’lon qilingach, 150 ta okrugdan 128 tasida saylovlar muvaffaqiyatli o‘tgani, 28 tasida nomzodlarning birortasi 50 foizdan ko‘p ovoz ololmagani ma’lum bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 1 tadan, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida 2 tadan, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Jizzax viloyatida 5 ta okrugda saylov boshqattan o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Alisher Qodirov Milliy tiklanish

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing