MSK saylovni qanday tashkil qildi?
Jamiyat
−
25 Oktabr 2021
3314O‘zbekistonda kecha, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident sayloviga demokratik standartlar asosida puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendum o‘tkazish Markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova Karmabekovna ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylov jarayonlariga Qirg‘izistondan 43 ga yaqin mutaxassis jalb qilingan.
“Saylov jarayonlariga Qirg‘izistondan 43 ga yaqin ekspertlar jalb qilingan. Biz nafaqat Toshkent shahrida, balki viloyatlarda ham bo‘lib, saylov jarayonlarini kuzatdik”, deydi qirg‘izistonlik ekspert.
Shuningdek, Nurjan Shayldabekova saylov jarayoni va tashkilotchilikka ham baho berib o‘tdi.
“O‘zbekistonda doimiy o‘zgarishlar, yangiliklar kuzatilmoqda. Elektron ro‘yxat tashkil qilingani katta yutuq va bu aniq ro‘yxat shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat. MSK faoliyatiga baho beradigan bo‘lsak, fuqarolar o‘z fikrlarini bildirishlari uchun sharoit yaratilgan. Ma’lumotlarni keng tarqatilishi, yetkazilishi demokratiyadan darak beradi”, deydi ekspert.
Nurjan Shayldabekovaga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi saylovga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, demokratik standartlar asosida olib borilgan.
“Alohida ochiqlik va shaffoflikni ta’kidlashni istardim. Juda sokin atmosferada ish olib borilgani bilan barchani tabriklayman. Saylov demokratik standartlar asosida o‘tkazildi”, deya ta’kidladi ekspert.
Avvalroq, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuv missiyasi raisi Sergey Lebedev saylov jarayonidagi asosiy kamchiliklarni ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi