Saylovda yana O‘zLiDeP yutdi
Jamiyat
−
28 Oktabr
18409Kecha, 27 oktyabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida yana O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida komissiya raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Parlament saylovida 15 mln 27 ming 529 nafar saylovchi ishtirok etgan bo‘lib, bu umumiy saylovchilarning 74, 72 foizini tashkil qiladi.
Saylov natijalari esa quyidagicha:
Ma’lumot uchun, Qonunchilik palatasi saylovlari ilk marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazildi.
Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylandi.
LiveBarchasi