MSK Qozog‘istonda saylov uchun 31 mln dollar so‘radi
Jamiyat
−
11 aprel 2019
4119Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi muddatdan avval prezidentlik saylovlarini o‘tkazish uchun davlat byudjetidan 12 milliard tenge (31,6 mln dollar) ajratishni so‘rab rasmiy murojaat yo‘lladi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vaziri o‘rinbosari Berik Sholpanqulov ma’lum qildi.
“MSK saylovlar uchun 12 mlrd tenge ajratishni so‘radi. Hozirda hisob-kitoblar ko‘rib, asoslilik tekshirilyapti. Yakuniy xulosani ma’lum qilamiz. Balki, qisqarar. Ammo bari raqamlar tasdiqlangach, ma’lum bo‘ladi”, degan Sholpanqulov.
Sholpanqulovning aniqlik kiritishicha, MSK so‘ragan mablag‘ning 70 foizi saylov komissiyasiga jalb qilinadigan xodimlarga to‘lov sifatida to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasining vaqtinchalik Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 9 iyun kuni mamlakatda muddatidan avval saylov o‘tkazishi haqida e’lon qildi.
LiveBarchasi