MPL 7'ning markaziy jangi nega bekor qilindi?

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovga tegishli bo‘lgan “Muradov professional ligasi” bugun, 7 yanvar kuni Toshkent shahrida navbatdagi turnirini o‘tkazadi. 

MPL'ning bugungi kechasida Shohasan Mirzamatov Hamzat Chapanovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, ammo vazn o‘lchash marosimida Chapanov belgilangan vaznni ko‘rsata olmadi. Shunday qilib, MPL 7'ning markaziy jangi bekor qilindi.

Rossiyalik jangchi Hamzat Chapanov nega vazn qila olmaganiga izoh berdi.

"Vazn tashlash reja bo‘yicha ketmadi. 18 kun avval jang qilgandim. Umuman olganda ikki oy ichida uchta jangda oktagonga ko‘tarildim. Har bir jang uchun vazn tashladim. Afsuski, bu jangga kerakli vaznni qila olmadim va 500 gramm ortiqchalik qildi. Men o‘zimni oqlash niyatida emasman. Jangga maksimal darajada tayyorlandim, biroq o‘xshamadi", deydi Chapanov.

Ma’lumot uchun, Mirzamatov-Chapanov to‘qnashuvi bekor qilingach, Muhiddin Mamajonov va Zaur Isayev o‘rtasidagi jang markaziy maqomga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chapanov MPL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing