Jasur Mirzamuhammedovning ozarbayjonlik raqibi nega jangdan bosh tortdi?

Sport

image

Ertaga, 16 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Alpomish muz saroyida MMA bo‘yicha Murodov professional ligasining (MPL) 8-turniri bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur musobaqa ishtirokchilari vazn o‘lchash hamda “Face-to-face” marosimlarida qatnashdi. 

Ahamiyatlisi, turnirning “so-main event” jangi og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Jasur Mirzamuhammedovning ozarbayjonlik Elchin Huseynovga qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda Mirzamuhammedov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ozarbayjon vakili o‘zbekistonlik raqibining bu qadar og‘ir vazn qayd etishini kutmagan va shu sababli ertangi jangdan bosh tortgan. 

Ma’lumot uchun, Jasur Mirzamuhammedov faoliyati davomida 7 ta jangda ishtirok etib, faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan. Ozarbayjonlik Elchin Huseynov esa 9 ta jangda qatnashib, 6 tasida qo‘li baland kelgan va 3 bor raqiblariga imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MMA MPL Jasur Mirzamuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing