Mojaroli intervyu bergan shahzoda Garri va Meganning reytingi rekord darajada tushib ketdi
Olam
−
13 mart 2021
4126Amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan suhbatdan so‘ng Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Marklning reytingi rekord darajada tushib ketdi.
"YouGov" sotsiologik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning 48 foizi Garri va Megan Marklga qarshi bo‘lgan, 45 foizi esa ularni yoqlab ovoz bergan.
So‘nggi bir hafta ichida ularning reytingi 15 foizga pasayib ketgan.
Ma’lumot o‘rnida, juftlik Opra Uinfriga to‘ylarining rasmiy marosimidan uch kun oldin yashirincha turmush qurishgani, qirollik oilasining ba’zi a’zolari ularning o‘g‘li Archining qoramag‘iz bo‘lib tug‘ilishidan xavotirda bo‘lgani, bolaga shahzoda unvoni berilmagani, britaniya tabloidlari Meganni ta’qib qilgani, Meganning o‘z joniga qasd qilishni o‘ylagani haqida gapirib bergandi.
Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular buni moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilgan. Ushbu qaror 2020 yil mart oyida kuchga kirdi. Shahzoda bir yil ichida fikrini o‘zgartirishga haqli edi.
LiveBarchasi