Mourino “Real”ga qarshi o‘yindan oldin shifoxonaga yotqizildi

Sport

image

Portugaliyaning “Benfika” jamoasi bosh murabbiysi Joze Mourino bugun, 17 fevral kuni “Real Madrid”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinidan oldin shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mourino kichik quloq infeksiyasi tufayli shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, jiddiy xavf kuzatilmagan. “The Special One” shifoxonada taxminan bir soat vaqt o‘tkazib, davolanish uchun zarur dori-darmonlarni olgan va so‘ngra o‘z vazifasiga qaytgan.

Ushbu muammolarga qaramay, portugaliyalik mutaxassis “Real Madrid” qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan jamoasiga zaxira o‘rindig‘idan turib yordam beradi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘ngi turida ham o‘zaro to‘qnash kelgan va unda Joze Mourino shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Chempionlar ligasi “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing