Mourino “Real”dan ketish qarori noto‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qildi

Sport

image

Hozirda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubini boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino murabbiylik faoliyatida “Real Madrid”dan ketish qarori noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi. Bu haqda murabbiy “Corriere dello Sport”  nashriga bergan intervyusida aytdi. 

“Agar o‘yinlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bahslar ko‘p, agar mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsangiz, har doim nimanidir o‘zgartira olish mumkinligini o‘ylaysiz. Agar professional tanlov haqida so‘z boradigan bo‘lsa, men Florentino Peresga “yo‘q” deb javob bergandim. U menga “Mour, hozir ketma, sen qiyin qismini bajarding va endi yaxshisi keladi”, degandi. Men shunday bo‘lishini bilardim, lekin Ispaniyada qiyin kechgan uch yildan so‘ng “Chelsi”ga qaytishni istadim. Shuningdek, men “Roma”dan (Yevropa Ligasining finalidan keyin) darhol ketishim kerak edi, lekin buni qilmadim va xatoga yo‘l qo‘ydim”, deydi Mourino.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha “Real”ni boshqargan. U “qirollik klubi” bilan birgalikda Ispaniya chempionati va kubogini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Fenerbaxche Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing