Mourino “Real”da qattiy qoidalarni joriy qildi
Sport
−
08 avgust 2359 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoada yangi ichki tartib-qoidalarni joriy qildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis futbolchilarning intizomi, ovqatlanishi va jarohatlardan tiklanishi ustidan nazoratni kuchaytirgan.
Endilikda futbolchilar uchun nonushta va boshqa ovqatlar menyusini klub diyetologi belgilaydi. Avval futbolchilar taomlarni o‘zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, endi bu jarayon qat’iy nazorat qilinadi. Mourino, shuningdek, futbolchilar va murabbiylar shtabi a’zolari birgalikda tushlik qilishini talab qilgan.
Yangi qoidalar intizom masalasiga ham taalluqli. Futbolchilar mashg‘ulot boshlanishidan kamida bir soat oldin klub bazasiga yetib kelishi shart. Kechikkanlar pul jarimasiga tortilmaydi, ammo jamoadan alohida ravishda mashg‘ulotlar zalida individual mashg‘ulot o‘tkazadi. Ushbu qoida barcha futbolchilarga istisnosiz tatbiq etiladi.
Mourino jarohatdan tiklanish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni ham kuchaytirgan. Endi jarohatlangan futbolchilar ertalab va kechqurun klub bazasida reabilitatsiyadan o‘tishi shart. Klubdan tashqarida mustaqil ravishda davolanishga ruxsat berilmaydi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi tartib-qoidalar jamoa a’zolari tomonidan xotirjam qabul qilingan va futbolchilar orasida norozilikka sabab bo‘lmagan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust