Mourino murabbiylik faoliyatidagi eng yomon seriyani qayd etmoqda
Sport
−
29 yanvar 2021 4895 1 daqiqa
“Tottenhem” Angliya Premer-ligasining 20-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida “Liverpul”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourinoning “mersisaydliklar“ga qarshi bahslardagi qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyati hisoblanadi. Seriya 2018 yil 16 dekabrda, portugaliyalik mutaxassis “Menchester Yunayted”ni boshqargan davrda boshlangan.
Ushbu noxush seriya Mourinoning faoliyatida bir raqib bilan bahslardagi antirekorddir. U hali boshqa hech bir jamoaga qatorasiga 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust