Mourino Messining faoliyatini yorqin va unutilmas deb atadi
Sport
−
12:35 259 1 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Lionel Messining xalqaro faoliyatini yorqin va unutilmas deb atadi. Bu haqda Mourino Instagram sahifasida yozib qoldirdi.
“Yorqin va unutilmas xalqaro faoliyatingiz bilan tabriklayman. Keyingi Kopa Amerika va keyingi jahon chempionati butunlay boshqacha bo‘ladi”, deb yozdi Mourino Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida.
Avvalroq Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Messi 2005 yildan beri Argentina terma jamoasi safida to‘p tepib keladi. U “Albiseleste” tarkibida barcha musobaqalar, jumladan, o‘rtoqlik uchrashuvlarini hisobga olganda, 207 ta bahsda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yilgi Kopa Amerika hamda 2022 yilgi Finalissima turnirida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi