Mourino diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
08 iyul 2023
3849Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino 10 kunga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, “bo‘rilar” ustozi 2023/2024 yilgi mavsumning dastlabki 10 kunini o‘tkazib yuboradi va 50 ming yevro jarima to‘laydi. Bunga uning referi Daniele Kiffini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.
“Mourino o‘z gaplari bilan nafaqat hakam Kiffining imijiga, balki hakamlik tizimidagi referilarni tayinlash mexanizmining nufuziga ham zarar yetkazgan”, deyiladi federatsiya xabarida.
Ma’lumot uchun, bu Joze Mourinoning dunyo futbolidagi o‘ziga xos xarakteri hisoblanadi. U bungacha ham uchrashuv hakamlari bilan janjalli vaziyatlarga sabab bo‘lgan. Masalan, u yakuniga yetgan 2022/2023 yilgi mavsumda “Roma” va “Sevilya” jamoalarining Yevropa ligasi final uchrashuvini boshqargan angliyalik hakam Entoni Teylorni haqorat qilgani uchun sudlangan.
Mourinoga ko‘ra, Entoni Teylor bilan o‘rtasidagi mojaro hakamning qizil kartochkaga tortadigan bahsli vaziyatda “Sevilya” tomniga yon bosganidan keyin yuzaga kelgan.
LiveBarchasi