Moskvadan uchgan MAK samolyoti favqulodda ortga qaytdi
Olam
−
26 dekabr 2019
6210Bugun, 26 dekabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining HY-602 (Moskva-Toshkent) reysi yo‘lovchining ahvoli yomonlashgani sababli havo ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Vnukovo aeroportiga qaytdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyot soat 01:10 da bexatar qo‘nib oldi. Yo‘lovchiga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilyapti. Samolyotning qayta uchib ketishi moskva vaqti bilan soat 03:30 ga rejalashtirilgan. Toshkentga qo‘nish mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 larda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan HY-101 (Toshkent - Nyu-York) reysi rejalashtirilganidan taxminan ikki soat kechroq uchib ketishi mumkinligi aytilgan.
Aviakompaniya yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
LiveBarchasi