Moskvaga yana dron hujumi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Rossiya poytaxti Moskvaga yana uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilishga urinish bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskvaga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan uchuvchisiz uchoqlarni yo‘q qilgan. Dronlar Kaluga viloyati va Moskva viloyatining Istra tumanida urib tushirilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida qurbonlar yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Sobyanin.

Uning aniqlik kiritishicha, Istra tumanida vayronalar qulashi oqibatida bir maishiy inshoot shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni ham Moskvaga dron hujumi uyushtirilishi oqibatida poytaxtning uchta aeroportida 95 ta reys bekor qilingan yoki kechiktirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing