Moskvaga o‘n kun ichida to‘rtinchi marta dron hujum qildi 

Olam

image

Bugun, 10 avgust kuni yana ikkita hujumchi dron Rossiya poytaxti Moskvaga zarba berishga urindi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. 

“Ertalab soat to‘rtlarda havo mudofaasi shahar tomon uchayotgan ikkita zarba beruvchi dronni urib tushirdi. Biri Kaluga viloyatida, ikkinchisi Markaziy halqa yo‘lida”, deb yozgan Sobyanin Telegram-kanalida.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham buni tasdiqlagan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Moskva shahri yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan ikkita dron Kaluga viloyatining Maloyaroslavetskiy  tumani osmonida va Moskva viloyatining Odinsovo tumani hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, Qrimdagi Sevastopol shahri yaqinida ikkita dron navbatchi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa, yana 9 tasi nishonga yetib bormay, Qora dengizga qulagan.

Hujumlar oqibatida qurbonlar va vayronalar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Moskvaga 242830 iyul va 16, 9 avgust kunlari ham dron hujumi uyushtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing