Moskvaga karantin cheklovlari qaytyapti
Olam
−
25 Sentabr 2020
17011Moskva meriyasi shaharda koronavirusga chalinish holati ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy qilyapti. Gap 65 yoshdan kattalar va surunkali kasalliklari bor odamlar uchun ehtiyot chorasi haqida ketyapti.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli pensionerlarga alohida ehtiyoj bo‘lmaganda uydan chiqmaslik tavsiya qilinyapti. Shu bilan birga sayr qilish hozircha cheklanmayapti. Ishlaydigan pensionerlarga masofadan ishlashga o‘tish yoki ta’tilga chiqish aytildi.
Korxonalar imkon boricha ko‘proq xodimlarni masofadan ishlash rejimiga o‘tkazishi kerak. Ish joylarida xavfsizlik choralarini ta’minlash talab qilinadi.
Shahar meri Sergey Sobyanin transport va do‘konlarda maska va qo‘lqop taqish kerakligini eslatgan.
Moskvada karantin choralarining qaytarilishiga kunlik kasallanish miqdori 1000 dan oshgani sabab bo‘ldi. shaharda so‘nggi haftada shifoxonaga yotqizilganlar 30 foizga oshgan.