Moskvaga qanday dronlar bilan hujum qilindi? Yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 30 may kuni ertalab Moskvaga hujum qilish uchun “o‘rdak” (“utka”) aerodinamik tizimiga ega samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanilgan. Transport texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari Aleksey Rogozin bu bo‘yicha ma’lumot bergan. Uning bildirishicha, xuddi shu kabi dronlar 26 may kuni Krasnodarga ham hujum qilgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi

Rogozinning ta’kidlashicha, bunday turdagi dronlar ichki yonuv dvigateliga ega. Qanotlarining kengligi kamida 4 metrni tashkil qiladi. O‘zida elektr manbai mavjud va ularning nazariy masofasi 400 km dan 1000 km gacha yetadi. U bitta dron narxini 200 ming dollargacha baholagan.

“Potensial jihatdan bunday qurilmalarnin diapazoni xuddi shu toifadagi ma’lum qurilmalar bilan solishtirganda 1000 km ga yetishi mumkin. Ya’ni ular Kiyev nazorati ostidagi hududlardan uchirilishi mumkin. Bunday qurilmalarga samarali qarshi turishning yagona yo‘li — urib tushirish”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 may kuni Moskvada dron hujumi sodir bo‘ldi. Moskva meri Sergey Sobyanin hujum oqibatida bir nechta binolar kichik zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Rossiyaning bir qator nashrlarida shaharga 25 ta dron hujum qilgani haqida ma’lumot berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing