Moskvadan Namanganga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Jamiyat

image

Rossiyaning Moskva shahridan O‘zbekistonning Namangan shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi.  Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Moskva-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot bugun, 7 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Qo‘nishga bortda homilador yo‘lovchining tug‘uruq jarayoni boshlangani sabab bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may kuni Eronning Tehron shahridan Xitoyning Pekin shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ngan edi. Bunga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing