Moskvadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
05 mart 2019
6078Joriy yilning 3 mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, YTH oqibatida 1986 yil 4 oktyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan o‘zbekistonlik Sardorbek Akramovich G‘afurov qurbon bo‘lgan.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur masala Elchixona Konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.