Moskvadagi yong‘inda 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
30 iyul 2022
7488Moskva janubidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan migrantlardan ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi Alma-Atinskaya ko‘chasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 4 kishi jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N. 2003 yilda tug‘ilgan va A.A. 1986 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Ushbu hodisa yuzasidan Brateyevo tumani tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in 16 qavatli binoning birinchi qavatida boshlangan. Alanga 150 kv m maydonga tarqalgan. Yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi bilan (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi