Moskvadagi G‘alaba paradida AQSH ham ishtirok etadimi?

Olam

image

Joriy yilning may oyida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba va urush tuganining 75 yilligi munosabati bilan Rossiya poytaxtida G‘alaba paradi o‘tkazilishi, unda oliy darajadagi mehmonlar ishtirok etishi kutilayotgani haqida xabar bergan edjik. Ushbu marosimda AQSH delegatsiyasi ham ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, delegatsiyani AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen boshqaradi. Bu haqda bugun, 19 mart kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan ma’lum qildi.

"AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen 9 may kuni Moskvada fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun tashrif buyuradigan Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qilishi haqida xabar berish men uchun katta sharaf", deydi Sallivan o‘z bayonotida.

Sallivanning ta’kidlashicha, AQSH delegatsiyasining Moskvaga kelishi, Gitler Germaniyasiga qarshi kechgan kurashdagi yo‘qotishlarga bo‘lgan ehtiromini bildiradi.

"Dunyoning xavfsizligi uchun kurashgan ittifoqchilar ko‘p yo‘qotishlarga uchragan. Moskvaga bo‘ladigan tashrif ana shu yo‘qotishlarga bo‘lgan ehtiromni bildiradi" deydi Sallivan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ushbu marosimda ishtirok etishlarini taklif qilib, ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham taklifnoma yuborgan. Tashqi ishlar vaziri Ilhom Ne’matov 2019 yilning dekabr oyida RIA Novostiga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etishini ta’kidlagan edi. Dunyo miqyosida, shu qatori Rossiyada ham tarqalgan koronavirus xavfiga qaramasdan Rossiya ushbu paradni o‘tkazish fikridan qaytganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Shavkat Mirziyoev Moskva G'alaba paradi

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing