Moskvada yirik teraktning oldi olindi. Terrorchi markaziy osiyolik bo‘lgan

Jamiyat

image

Rossiya poytaxti Moskvada odam gavjum bo‘lganidan joyda terakt uyushtirishni rejalashtirgan markaziy osiyolik Federal xavfsizli xizmati xodimlari tomonidan Ximki shahrida (Moskva viloyati) yo‘q qilindi. Bu haqda FXX xabar berdi.

Huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada shahardagi tashlandiq garajlar oldida shubhali shaxsni aniqlagan. Uni qo‘lga olishga urinishganda u organ xodimlariga qarata quroldan o‘q uzgan.

“Unga javob qaytarish chog‘ida shubhali shaxs yo‘q qilingan”, deyilgan maxsus xizmat xabarida. Hodisa joyi tekshirilganda AK-74, uchta o‘qdon, ikkita F-l va bitta RGD tipdagi granata topilgan.

Jinoyatchi ijaraga olgan kvartira tekshirilganda noma’lum shaxsning Suriyadagi terrorchilarga aloqadorligini isbotlovchi dalillar topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan. Moskva viloyatida jinoyatchini Suriyaga ketib, terrorchilik harakatlarida ishtirok etish fikridan qaytarish niyatida bo‘lgan akasi ham qo‘lga olingan. Hozirda ehtimoliy sheriklarni izlash ishlari olib borilyapti.

Hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

"Sputnik" nashrining yozishicha, Toshkentda yo‘q qilingan terrorchi o‘zbekistonlik ekanligi ehtimoli o‘rganilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt

Baholaganlar

825

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing