Moskvada o‘zbekistonlik stomatolog o‘ldirildi 

Olam

image

Moskvada norozi mijoz tomonidan pichoqlangan o‘zbekistonlik stomatolog vafot etdi. Bu haqda prokuratura xabarida ma’lum qilingan.  

“41 yoshli jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi”, deyiladi prokuratura xabarida. 

Voqea joriy yilning 13 dekabr kuni Yujniy Medvedkovodagi xususiy klinikada sodir bo‘lgan. Erkak shifokor, 41 yoshli Jamol Odilovning tish davolash usulini yoqtirmagan, natijada u pichoq chiqarib, tish shifokorining oshqozoniga tiqqan. Shifokor yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Shu kuni gumonlanuvchi, 59 yoshli Murad Oganesyan poytaxtda qo‘lga olingan. Ochiq manbalarga ko‘ra, u “Paradiz” prodyuserlik markazining sobiq bosh direktori. Bundan tashqari, u “Paradiz Video”, “Paradiz Dijital” va “Paradiz Media” kompaniyalariga egalik qilgan. Erkak ikki yil oldin barcha kompaniyalarini sotgan. 

Yuqoridagi holat yuzasidan “Qotillikka urinish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Oganesyan 2022 yil 13 fevralgacha hibsga olingan. Erkak o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Uning advokatlari sudga erkakda jiddiy ruhiy kasallik borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olib kelishgan. Yaqin orada u statsionar psixiatrik tekshiruvdan o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, marhum ushbu xususiy klinikada uch yildan ortiq stomatolog bo‘lib ishlagan. Jamol Odilov Moskvaga O‘zbekistondan ko‘chib borgan. U Vatanida Toshkent tibbiyot akademiyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Marhum oilali bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva stomatolog Jamol Odilov

Baholaganlar

1096

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing