Moskvada O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari janjallashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 3 dekabr kuni Moskvada O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Gap shundaki, Mashkova ko‘chasida bir guruhga biriktirilgan qirg‘izistonlik muhojirlar ko‘p qavatli uy hovlisidagi qorni kurayotgan bo‘lgan. Xuddi shu vaqtda O‘zbekiston fuqarolari uy tomini qordan tozalayotgan bo‘lgan. Janjal o‘zbekistonliklar qirg‘izistonliklar tozalagan joyga qor tashlashidan kelib chiqqan.

Mojaro natijasida politsiya 11 kishini hibsga olgan.

“Kecha kommunal xo‘jalik xodimlari o‘rtasidagi mushtlashuv natijasida 11 kishi qo‘lga olindi: 7 nafari Qirg‘iziston va 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi. Janjal paytida uch kishi jarohatlangan. Ular mayda bezorilik uchun protokollar tuzildi. Tergovdan oldingi tekshiruv boshlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kommunal xo‘jalik xodimlari janjali bo‘yicha prokuratura ham tekshiruv boshlagani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Moskva

Baholaganlar

502

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing