Moskvada O‘zbekiston fuqarosi tanishini pichoqladi
Olam
−
11 dekabr 2023
8755Moskvadagi savdo markazida O‘zbekiston fuqarosi kelishmovchilik tufayli tanishini pichoqladi. Bu haqda Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Tergov Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi Moskva shahri shimoli-g‘arbidagi savdo-ko‘ngilochar markazlaridan birida o‘zaro janjal ortidan tanishining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Jabrlanuvchi Moskvadagi shifoxonalarning biriga yetkazilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib, O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olingan. Poytaxt Tergov qo‘mitasi tergovchilari voqea joyini ko‘zdan kechirib, qator sud-tibbiy ekspertizalarni tayinlagan.
Tushino tumanlararo tergov bo‘limi gumonlanuvchilarga nisbatan RF JKning 30-moddasi 1-qismi va 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat (qotillikka urinish) yuzasidan jinoiy ish ochgan.