Moskvada terrorchilarga kvartirasini ijaraga bergan erkak hibsga olindi 

Olam

image

Basmanniy sudi Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"da sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchi Alisher Qosimovni hibsga oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Avvalroq, Rossiya tergov qo‘mitasi Qosimovni hibsga olishni talab qilgan edi.

Alisher Qosimov terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanmoqda. U terakt haqida hech narsa bilmagani va hatto uning kvartirasida terrorchilar yashayotganidan xabari yo‘qligini aytgan. U kvartirani shunchaki Avito xizmati orqali ijaraga bergan.

Shunga qaramay, tergov talabi qanoatlantirilib, Alisher Qosimovga nisbatan 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qosimov Rossiya fuqarosi, Qirg‘izistonda tug‘ilgan, hozir Krasnogorskda yashaydi, uch farzandi bor. U yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib, o‘zi ishlagan kafeni akasi bilan boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi "Krokus" ishi bo‘yicha Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizoda, Shamsiddin Faridun va Muhammadsobir Fayzovni (Tojikiston fuqarolari) hibsga oldi. Ularning barchasi uyushgan guruh tarkibida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” bandi) o‘limga olib kelgan terakt sodir etganlikda ayblangan. 

Shundan so‘ng, Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi –  Aminchon, Dilovar va Isroil Islomov (ota va bola)lar qurolli hujum uyushtirishda foydalanilgan Renault avtomobilini terrorchilarga sotishda gumonlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qo'lga olindi Moskvadagi terakt ayblanuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing