Moskvada Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 12 iyul kuni Rossiyaning Moskva viloyati Kolomenskiy tumanida Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan ikki uchuvchi va bir shturman halok bo‘lgan. Buni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagan. Samolyot Luxovitsidan Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga uchib kelayotgan reys bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bu samolyotning rejalashtirilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng, ilk sinov parvozi bo‘lgan. Parvoz vaqtida ekipaj avariya signalini berib, samolyotni kutish zonasiga yo‘naltirgan. Biroq bir necha daqiqada yoqilg‘i tugab qolgan.

Samolyot halokatga uchrashiga uning dvigatellarining ishdan chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Havo-operatsion xizmatlaridagi manbalar Sukhoi Superjet 100 samolyoti (RA-89049) 2014 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgani va “Gazprom” uning yagona foydalanuvchisi bo‘lganligini aytgan.

“Aviahalokat 2008 yilda ushbu turdagi samolyotlar ish boshlaganidan beri sodir bo‘lgan uchinchi holatdir. Birinchisi 2012 yilda Indoneziyada namoyish parvozi paytida tog‘ga qulagan. Ikkinchisi 2019 yilda “Sheremetevo”ga qo‘nayotganda yonib ketgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Su-34 samolyoti Shimoliy Osetiyada halokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Aviahalokat Sukhoi Superjet 100

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing