Moskvada noma’lum shaxs “Bucha-Moskva” aksiyasini o‘tkazdi (foto)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada rus askarlarining Buchadagi vahshiyligi qurbonlari xotirasiga bir kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda  “Xolod” jurnalida xabar berildi.  

Aksiya doirasida namoyishcha qo‘llari oq lenta bilan bog‘langan holda ko‘chalarda yotgan. Buchada rus qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholi ham shu holatda topilgan.

Ta’kidlanishicha, “Bucha-Moskva” aksiyasi noma’lum shaxs tomonidan Aleksandr bog‘ida, “Xram Xrista Spasitelya” yonidagi ko‘prikda, Nikolskaya ko‘chasida va Eski Arbatda o‘tkazilgan. 

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan. 

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan. 

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi. 

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan. 

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing