Moskvada niqob taqish bo‘yicha majburiyat olib tashlanyapti

Olam

image

Joriy yilning 13 iyulidan boshlab Rossiya poytaxti Moskva shahrida niqob taqish bo‘yicha o‘rnatilgan majburiy tartib bekor qilinadi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qilgan. 

Biroq, niqob va qo‘lqop taqish bo‘yicha majburiyat do‘konlar, transport va jamoat joylarida saqlanib qoladi. 

"Hali ham jamoat transportida, tibbiyot muassasalarida, do‘konlarda va boshqa jamoat joylarida niqob va qo‘lqoplardan foydalanish kerak. Ijtimoiy masofani saqlash talablari ham saqlanib qolmoqda”, deydi mer. 

Madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniy markazlar, dam olish turidagi muassasalar 13 iyuldan boshlab Moskvada koronavirus tufayli ilgari qo‘yilgan cheklovlarsiz ishlashlari mumkin.  

"Ko‘ngilochar maskanlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat markazlari va dam olish tashkilotlari faoliyatida ham cheklovlar olib tashlandi",  deydi Sobyanin.  

Merga ko‘ra, to‘garaklar,  diskotekalar va boshqalar tashrif buyuruvchilar soni joylarning maksimal sig‘imining 50% dan oshmasligi sharti bilan o‘z ishini davom ettirishi mumkin. 

Rasmiylar, shuningdek, biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyat sohasidagi barcha cheklovlarni olib tashlaydilar, ammo sanitariya talablari qo‘llanilaveradi. Moskva korxona va tashkilotlari rahbariyati 13 iyuldan ishchilarni o‘z ofislariga qaytarishi mumkin. 

"Tadbirkorlik, aholiga xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlandi, sanitariya talablari bundan mustasno. Korxona va tashkilotlarning ma’muriyati onlayn rejimdla ishlashni saqlab qolishi yoki xodimlarni ofislarga qaytarish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qilishlari mumkin", deydi Sobyanin. 

Moskvada ommaviy ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hali ham taqiqlangan. Ochiq havoda ommaviy ko‘ngilochar va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish to‘xtatib turiladi, chunki bu holda ijtimoiy masofani ta’minlashning iloji yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada koronavirusga chalinganlar 706 179 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 480 483 nafari sog‘aygan, 10 825 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva niqob

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing