Moskvada musulmonlarga Hayit namozini uyda o‘qish tavsiya etildi

Olam

image

Moskva shahri Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti poytaxt prefekturalariga maktub yo‘llab, musulmonlarga Ramazon hayiti namozini uyda o‘qishni tavsiya qildi. Bu haqda departament hujjatiga tayanib, “Ostorojno, novosti” Telegram-kanali xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Moskva shahrida musulmon migrantlarning ish beruvchilariga ularni bu ma’lumotdan xabardor qilish talabi qo‘yilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan.

Departamentning matbuot xizmati vakillari “Ostorojno, novosti” bilan suhbat jarayonida yuqoridagi cheklovlar “Krokus Siti Holl” da bo‘lib o‘tgan terakt bilan bog‘liqligini tan oldi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil Ramazon hayiti namozi Moskvaning 6 ta joyida, ya’ni 4 ta masjid, Sokolniki bog‘i va Markaziy texnik sport markazida bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya qonunchiligining bir qator qoidalarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqqandi.

Xabibulloxon Qodirxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Moskva Hayit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing