Moskvada migrantlar o‘rtasida mushtlashuv: holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Olam

image_2021-07-13_16-03-41

Avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahri Kuzminki metro bekati yaqinida yuzdan ortiq muhojirlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi tartibsizlik yuzasidan 100 dan ortiq odam hibsga olingan. Bu haqda mahalliy OAV huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib xabar berdi.

“Ommaviy mushtlashuvdan so‘ng 100 dan ortiq odam hibsga olingan. Hozirda ularning janjalga aloqadorligi tekshirilmoqda, ismlari ma’lumotlar bazasida ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 12 iyul kuni Moskva shahri Zelenodolsk ko‘chasida Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. “Lenta” nashrining yozishicha, ommaviy mushtlashuvga joriy yilning 11 iyul kuni qirg‘izistonlik ikki fuqaroning pichoq zarbasi bilan jarohatlangani sabab bo‘lgan.

24.kg va “Lenta” nashrlariga ko‘ra, ushbu mojaro tojikistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida kelib chiqqan. “Aziya-Plyus” nashri esa boshqacha ma’lumot bermoqda. Unga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, mushtlashuv oqibatida avtomobil to‘xtash joyidagi avtotransportlarga zarar yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva migrantlar mushtlashuv

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing