Moskvada izolyatsiya tartibi bekor qilindi
Olam
−
09 iyun 2020
6380Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘zini yakkalash rejimi, shahar bo‘ylab transportda harakatlanish uchun ruxsatnoma hamda sayr qilish bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar bekor qilindi.
Shahar aholisi, jumladan, 65 yoshdan kattalar va surunkali kasalligi bor fuqarolar ham uydan hech bir cheklovsiz chiqishi, transportdan foydalanishi va jamoat joylariga borishi mumkin bo‘ldi.
Shaharda sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, fatoatele, veterinar klinikalar va ishga joylash bo‘yicha agentliklar faoliyati tiklandi.
Ammo shahar aholisi hamon jamoat joylarida niqob, qo‘lqop taqishi va masofani saqlashi talab etiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 485 253 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 6 141 nafari vafot etgan va 242 397 nafari sog‘aygan. Moskvada hozirgacha 198 590 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 109 737 nafari sog‘aygan, 3029 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15