Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘inda halok bo‘ldi (video)
Olam
−
04 may 2022 12318 1 daqiqa
Kecha, 3 may kuni Moskva viloyatining Mitishi shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani natijasida kelib chiqqan.
Xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan o‘zbekistonliklar Rossiya Federatsiyasida rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgani sababli ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025