Moskvada ikki qozog‘istonlik terakt uyushtirishga uringani aniqlandi
Olam
−
09 mart
8269Rossiya maxsus xizmatlari Moskvadagi sinagogaga qilingan teraktning oldini oldi. Bu haqda “Ulysmedia.kz” xabar berdi.
Kaluga viloyatidagi uylardan birida “Viloyati Xuroson” guruhi a’zolari aniqlangan.
“Gumonlanuvchilarni hibsga olishga urinayotganda, ular qarshilik ko‘rsatdi va oqibatda otishmada halok bo‘ldi”, deyiladi Federal xavfsizlik xizmati press-relizida.
Qayd etilishicha, otishma 7 mart kuni ertalab Koryakovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Hujumni rejalashtirishda gumon qilingan ikki shaxs – Qozog‘iston fuqarolari 35 yoshli Sobit Ashiraliyev va 32 yoshli Janibek Taskulayev yo‘q qilingan. Xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, ular joriy yilning 28 fevral kuni Rossiyaga yetib borgan.
“Zakon.kz” nashrining yozishicha, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi qozog‘istonliklarning halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda. Ushbu shaxslarning Qozog‘iston fuqarosi ekani va Rossiyaga chiqib ketgani tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirgandi. Bunga Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Shvetsiya, Kanada, Germaniya va Chexiya davlatlari ham qo‘shilgandi.
LiveBarchasi