Moskvada fransuz aristokratining 6 yillik jasadi topildi
Olam
−
08 fevral 2020
7440Moskva markazidagi uylardan birida olti yil oldin vafot etgan odamning murdasi topildi. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets" nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 2014 yil dekabr oyida vafot etgan. Tyekshiruvlar boshlangan.
Fransuz aristokratlar oilasining so‘nggi avlodining jasadi Moskvaning markaziy tumanidagi uylardan birida topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ruhiy kasalligi bo‘lgan va 10 yildan ortiq vaqt davomida qarindoshlari bilan aloqa qilmagan.
"Moskovskiy komsomolets"ga ma’lum qilishicha, qurib ketgan 79 yoshli Sergey Pelporning qoldiqlari 6 fevral kuni uyida politsiya tomonidan topilgan. Qora shim kiygan odamning jasadi karavotda yotqizib qo‘yilgan.
"Uch-to‘rt yildan beri kiraverishda yoqimsiz hid sezilardi", deydi marhumning qo‘shnisi Lyubov Alekseyevna. Shu sababli qo‘shnilar politsiyaga murojaat qilishga qaror qilgan. Tyekshiruvda uydan Sergey Dmitriyevichning jasadi topilgan.
Markizning qarindoshlari uning deyarli butun umri davomida ruhiy kasallikdan aziyat chekkanliklarini tushuntirgan. Shu asosda u 10 yildan ortiq vaqt davomida yaqinlari bilan aloqa qilmagan. Uning xotini, bolalari yo‘q.
Ammo kasallik Sergey Dmitriyevichni Bauman nomidagi Moskva davlat texnik universitetida Avtomatik boshqarish tizimlari kafedrasida o‘qituvchilik qilishiga to‘sqinlik qilmagan. U dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan va talabalar uni hurmat qilgan.
Pensionerning ajdodi - Lui - Fransiyaning mashhur Marquises de Lafitte de Pelpor oilasidan bo‘lgan (ularning familiyasi hatto Parijdagi metro stansiyasi deb ham atalgan). Rossiyada Napoleonning harbiy yurishi paytida, Vitebsk yaqinida, Lui yaralangan va asir olingan. Markiz Rossiyada yashab, nemisga uylangan. Sergey Dmitriyevich tirik naslning so‘nggi vakili edi.
LiveBarchasi