Moskvada “dvorniklar” o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi
Olam
−
15 mart 2023 6672 1 daqiqa
Rossiya poytaxti Moskva janubida ko‘cha tozalovchilarning o‘zaro mushtlashuvi yuz berdi. Oqibatda to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda “Ren TV” telekanaliga mamlakat Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mushtlashuv kecha, 14 mart kuni Sharikopodshipnikovskaya ko‘chasidagi 9-uy yonida yuz bergan. Politsiya xodimlari qochishga uringan ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.
“Oqibatda to‘rt nafar ko‘cha tozalovchi pichoqlangan va shifoxonaga yotqizilgan. Barcha jabrlanganlarning ichki organlariga og‘ir jarohat yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ligovskiy prospektida o‘nga yaqin migrantlar o‘rtasida mushtlashuv yuz bergandi.
Live
Barchasi