Moskvada buzg‘unchi erkak politsiya hibsga olayotgan payt vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida buzg‘unchi erkak metropolitenning “ukinskaya” bekatida hibsga olinayotgan payt vafot etdi. Bu haqda TASSga IIVning Moskvadagi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.

Kecha, 26 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 larda “ukinskaya” metro bekati foyesida bir kishi o‘zini noo‘rin tuta boshlagan va politsiyachilarning so‘zlariga javob bermasdan bankomatni buzishga uringan. Huquq-tartibot idoralari uni tergov qilish uchun mehmonxonaga olib borishga qaror qilgan.

“U politsiya va metro xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi. Hibsga olish paytida hushidan ketib qoldi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi va darhol tez yordam chaqirildi. Yetib kelgan shifokorlar fuqaroning vafot etganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning ta’kidlashicha, o‘limning sababi o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing