Moskvada buxorolik qancha migrant bor?

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati va shahrida buxorolik bo‘lgan 60 mingdan ortiq mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqida Buxoro viloyatida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan anjumanda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev ma’lum qilgan. 

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rahbariyati ishtirok etmoqda. 

Anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan. 
 
Mazkur anjuman O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 5 aprelda tuzilgan “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda jo‘natish va jalb qilish to‘g‘risida”gi Kelishuvni amalga oshirish doirasida 12-13 noyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalro O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari – senator Maqsuda Vorisova bugungi kunda O‘zbekistonning 3 million aholi xorijda mardikorlik bilan shug‘ullanayotganini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Migrantlar Moskva

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing