Moskvada aeroport dizaynidagi metro bekati ishga tushdi
Olam
−
09 Sentabr 2023
5081Moskva metrosida juda ajoyib dizaynga ega “Pixtino” bekati ochildi. Bu haqda “Perviy” telekanali xabar berdi.
Bekatning dizayni o‘ziga xos. Shu sababli u Moskva metropolitenidagi eng chiroyli stansiya, deb baholanmoqda. Butun boshli bekat aeroport dizaynini aks ettiradi.
Stansiya kosmik kemalarni eslatuvchi g‘ayrioddiy shakllar va chiroqlar bilan bezatilgan. Shuningdek, shiftga Tu-144 samolyotining modeli o‘rnatilgan.
Ushbu stansiyadan kuniga 11 mingga yaqin yo‘lovchi foydalanishi kutilmoqda, kelgusi yillarda bu raqam ikki baravar ortadi.
Bu butun metropoliten mintaqasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan transport loyihasidir. Yangi stansiyalarning ochilishi nafaqat sayohat vaqtining qisqarishiga, balki avtomobil yo‘llaridagi tirbandlikni kamaytirishga ham imkon yaratadi.
Ushbu bekat yangi qurilgan Solsevskaya liniyasida ochilgan bo‘lib, uni qurish uchun katta mehnat sarflangan. Rel’ef tufayli loyiha muhandislik nuqtai nazaridan juda murakkab edi. Liniyani qurish uchun 70 kilometr uzunlikdagi tunnelni qazishga to‘g‘ri keldi. “Pixtino” ushbu liniyaning oxirgi ochilgan ikkita bekatidan biridir.
“Biz ulkan ishni yakunladik. Eng uzun metro liniyalaridan biri – Biznes markazidan Vnukovogacha bo‘lgan Solsevskaya liniyasining qurilishi yakunlandi”, dedi metroning ochilish marosimida Moskva meri Sergey Sobyanin.
Stansiyada jami 14 ta metro bekati qurildi. Liniya orqali 40 daqiqa ichida “Biznes markazi”dan mamlakatdagi eng yirik aeroportlardan biri Vnukovoga yetib borish mumkin.
LiveBarchasi