Moskvada 47 yoshli o‘zbekistonlik erkak pivo idishiga tushib ketib, vafot etdi

3-sahifa

image

Rossiyaning Moskva viloyatida O‘zbekiston fuqarosi pivo tayyorlanadigan idishga tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Moskovskiy Komsomolets” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia shu yilning 3 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Xususiy pivo zavodi egasi o‘zbekistonlik 47 yoshli Ulug‘bek ismli erkakdan hududni obodonlashtirishni so‘ragan. Shundan so‘ng zavod egasi xonadan chiqib ketgan va qaytib kelganida dastlab hech nimani sezmagan.

Keyinchalik uni yo‘qligini payqab qolgan va ulkan pivo qopqog‘ini ochishganda erkakning jasadini topgan. 

Keyinchalik shifokorlar tomonidan aniqlanishicha, erkak karbonat angidriddan zaharlangan.

Pivo korxonasi egasining so‘zlariga ko‘ra, ishchi boshliq yo‘qligidan foydalanib, pivo ichishga uringan. Ammo karbonat angidridni yutib, idishga tushib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva o'zbekistonlik pivo idish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing