Moskvada harorat +30 dan oshgani tufayli eng yuqori xavf darajasi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Moskvada havo harorati 30 darajadan yuqoriga ko‘tarilgani uchun xavfning eng yuqori “olovrang” darajasi e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazi xabar berdi

Qayd etilishicha, ogohlantirish bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amal qilgan. Moskva meteorologiya byurosining ma’lumot berishicha, shaharda 16 iyun kuni uchun havo haroratining isishi bo‘yicha rekord 1946 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda havo 32,5 darajagacha isigan. 

"Bugungi kunda shahardagi harorat iqlimiy me’yordan uch darajaga oshadi", deydi soha mutaxassislaridan biri. 

Podmoskoveda esa “olovrang” xavf darajasi ertaga, 17 iyun kuni soat 16:00 ga qadar amalda bo‘ladi. Ertaga shaharda havo harorati 29 darajagacha isishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, mintaqada to‘rtinchi darajadagi yong‘in xavfi ham mavjud. 

Ma’lumot uchun, rang shkalasi bo‘yicha “olovrang” havo harorati xavfliligi jihatidan eng yuqori darajani bildiradi. Bunday ob-havo inson salomatligi uchun potensial xavfli deb baholanadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston janubida +45 darajagacha yuqori issiq kuzatilishi prognoz qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva issiq “olovrang” xavf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing