Moskva va Sankt-Peterburgdan O‘zbekiston viloyatlariga qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi

Jamiyat

image

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishi uchun Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan qo‘shimcha repatriatsion reyslar amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu reyslar o‘zbekistonliklarni viloyatlarga olib kelish uchun tashkil qilingan. Bu haqda “Uzbekistan Airways” ma’lum qildi.

Xususan, Sankt-Peterburgdan Samarqand, Farg‘ona, Termiz va Urganchga quyidagi jadval asosida reyslar amalga oshiriladi:

2020 yil 5 oktyabr HY3640 Sankt-Peterburg – Samarqand 12:40/19:30
2020 yil 6 oktyabr HY3636 Sankt-Peterburg – Farg‘ona 01:40/08:45
2020 yil 6 oktyabr HY3712 Sankt-Peterburg – Termiz 15:20/22:30
2020 yil 7 oktyabr HY3638 Sankt-Peterburg – Urganch 04:55/11:15

Shuningdek, Moskvadan Andijon, Urganch, Buxoro, Termiz, Samarqand, Farg‘ona, Namanganga ham parvozlar qo‘yildi. Reyslar “Vnukovo” aeroportidan quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

2020 yil 5 oktyabr HY3622 Moskva – Andijon 09:40/15:55
2020 yil 5 oktyabr HY3616 Moskva – Urganch 21:40/03:15
2020 yil 6 oktyabr HY3608 Moskva – Buxoro 08:10/14:05
2020 yil 6 oktyabr HY3610 Moskva – Termiz 21:00/03:15
2020 yil 7 oktyabr HY3606 Moskva – Samarqand 09:20/15:20
2020 yil 7 oktyabr HY3616 Moskva – Urganch 20:35/02:10
2020 yil 8 oktyabr HY3628 Moskva – Farg‘ona 07:05/13:20
2020 yil 8 oktyabr HY3606 Moskva – Samarqand 21:00/03:00
2020 yil 9 oktyabr HY3622 Moskva – Andijon 08:50/15:05
2020 yil 9 oktyabr HY3608 Moskva – Buxoro 20:50/02:45
2020 yil 10 oktyabr HY3620 Moskva – Namangan 07:50/14:10

Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing