Moskva Ukrainani “bankrot davlat” deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni bankrot davlatga aylantirib, fuqarolarini kelajagidan mahrum qildi. Bu fikrni bugun, 14 noyabr kuni Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida bildirdi. 

“Bugungi kunda Kiyev o‘z daromadining yarmidan ko‘pi – 57,9 foizini qarzlarga xizmat ko‘rsatishga sarflamoqda. Shuning uchun u yangi kreditlar olishga majbur. Ukraina bankrot davlat”, deydi Volodin. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevda ular hozir bu masalani bostirishga harakat qilmoqda.  

“Ammo muammo aniq. Zelenskiy Ukraina fuqarolarini kelajakdan mahrum qildi, mamlakatni qarz qulligiga olib keldi”, deya ta’kidladi Davlat Dumasi spikeri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 2014 yil fevralida Ukrainada bo‘lib o‘tgan va “Ukraina suverenitetining to‘liq yo‘qolishiga olib kelgan” davlat to‘ntarishining oqibatlari bo‘lgan. Volodonning aytishicha, mamlakat byudjeti deyarli 40% xorijiy kreditlar va qarzlar hisobidan shakllantirildi va 2023 yilda xorijiy moliyalashtirish 58% ni tashkil qiladi. 

“Ukraina fuqarolarga sarf-xarajat majburiyatlarini mustaqil ravishda ta’minlay olmaydi: ish haqi va nafaqalar, pensiyalar va boshqa ijtimoiy masalalar. Vaziyat tobora yomonlashmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Davlat Dumasi spikeri.


Maqola muallifi

Teglar

Vyacheslav Volodin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing