Moskva Ukrainaga kun bermaslikni va’da qilyapti

Olam

image

NATO instruktorlari va yollanma askarlari Ukrainada qolar ekan, Rossiya tomonidan aniqlangan voqeliklar tan olinmas ekan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha jiddiy muzokaralar bo‘lmaydi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya TIV Shimoliy Amerika departamenti direktori Aleksandr Darchiyev aytib o‘tdi. 

“[Ukraina Prezidenti Vladimir] Zelenskiy rejimiga qurol va moliya yetkazib berish to‘xtatilmaguncha, Amerika va NATO harbiy xizmatchilari/yollanma askarlari/murabbiylari olib chiqilmagunicha va biz joylarda aniqlagan voqeliklar tan olinmaguncha, Ukraina va Yevro-Atlantikaga nisbatan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha har qanday jiddiy muzokaralarni boshlashga hali erta. To‘p endi maydonning Amerika tomonida”, deydi diplomat. 

Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktorining eslatishicha, bir yil avval Moskva AQSH va NATO bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikkita qonuniy majburiy hujjatlar loyihasini muhokama qilib, muzokaralar olib borishga halol urinish qilgan. Uning ta’kidlashicha, javoban, periferik hikoyalardan tashqari, Rossiya Federatsiyasida ular qat’iy "yo‘q" deyilganini eshitgan. 

“Endi ma’lum bo‘lishicha, G‘arbning tajovuzkor niyatlari yo‘qligi va Minsk kelishuvlariga rioya qilishning shirin ovozli kafolatlari ostida Ukraina Qurolli kuchlari qayta jihozlandi va Donbassni egallab olish va yo‘q qilish uchun kuchlar jamlandi. Bunday sharoitda biz Qo‘shma Chtatlar va jamoaviy G‘arbga ishonchimiz yo‘q”, deydi diplomat.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

484

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing