Moskva tomon uchayotgan dron urib tushirildi

Olam

image

Bugun, 29 noyabr kuni Moskva viloyatining Podolsk okrugi hududida Rossiya poytaxti tomon uchayotgan dron urib tushirildi. Bu haqda Moskva shahri meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.

“Podolsk shahar okrugidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchayotgan uchuvchisiz samolyotning hujumini qaytardi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dron qoldiqlari qulagan joyda vayronagarchilik va qurbonlar bo‘lmagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlamoqda”, deb yozdi Moskva meri Telegram’dagi kanalida.

Ayni paytda Podolsk rahbari vazifasini bajaruvchi Grigoriy Artamonovning aytishicha, uchuvchisiz samolyot Borisovka qishlog‘i yaqinida urib tushirilgan.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi samolyot tipidagi uchuvchisiz apparat yordamida uyushtirilgan hujum Moskva vaqti bilan soat 07:30 da sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

“Navbatchi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva viloyatining Podolsk shahar okrugi hududida Ukrainaning uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 26 noyabrga o‘tar kechasi ham Moskvaga ommaviy dron hujumi uyushtirilgandi. O‘shanda ham Sergey Sobyanin hujum paytida hech qanday vayronalar va qurbonlar bo‘lmaganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made