Moskva teraktining homiylari ham jazodan qochib qutula olmaydi – Putin
Olam
−
24 aprel
9890Moskva yaqinidagi "Krokus" terakti buyurtmachilari va homiylari ham aniqlanmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori vakillarning 12-xalqaro yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi.
"Rossiya maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari ushbu terakt ishtirokchilari, jumladan buyurtmachilar, homiylar va tashkilotchilarni aniqlamoqda. Ularning hech biri adolatli jazodan qochib qutula olmaydi", degan Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jinoyatchilarning usullari yanada vahshiylashib bormoqda. Bunday sharoitda ko‘pchilikning foydasini inobatga olish, ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish muhim.
"Ayni paytda o‘z xalqlarining milliy va o‘ziga xosligini himoya qiladigan, ajdodlari xotirasini e’zozlaydigan, shu bilan birga boshqa madaniyat va an’analarni hurmat qiladigan davlatlar izchil va mustaqil rivojlanmoqda. Bu yondashuv ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanayotgan va global kuchlar muvozanati o‘zgarib borayotgan bugungi kunda ayniqsa muhimdir", degan u.
LiveBarchasi