Moskva terakti: Yana bir tojikistonlik ushlandi
Olam
−
01 aprel 2024
23331Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Sud Tergov qo‘mitasining iltimosnomasini qanoatlantirib, Yusufzodaga nisbatan 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi teraktdan bir necha kun oldin gumonlanuvchilarni turarjoy bilan ta’minlash uchun ularga bank kartasidan pul o‘tkazib bergan. Jinoyat sodir etilganidan keyin ham u mablag‘ning bir qismini "terrorchilarning hisob raqamiga yo‘naltirgan".
"Yusufzoda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (bir guruh shaxslar tomonidan inson o‘limiga olib keluvchi terrorchilik harakati sodir etish) 3-qismi "b" bandi bilan ayblanmoqda. Uni umrbod qamoq jazosi kutyapti", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”ga hujum uyushtirishda gumonlanayotganlarni pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan xorijiy fuqarolardan iborat guruh a’zolari qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar