Moskva sudi Google'ni jarimaga tortdi

Olam

image

Moskva jahon sudi Google kompaniyasini Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan ma’lumotlarni olib tashlamagani uchun 3 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

“Google'ni Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13.41-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb tan olindi va 3 million rubl miqdorida ma’muriy jarima solindi”, deyiladi sudya qarorida.

Ish materiallariga ko‘ra, kompaniyaga YouTube portalidagi qo‘riqlanadigan ob’ektlarga noqonuniy kirish usullari to‘g‘risidagi, hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” haqida yolg‘on ma’lumotni o‘z ichiga olgan videolarni olib tashlash zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan.

Ma’lumot uchun, avval ham xuddi shu sud Google’ni ma’muriy huquqbuzarlik uchun bir necha bor jarimaga tortgan. Oxirgi marta may oyida YouTube'ga noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ib qiluvchi va Rossiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantiradigan videolar uchun 3 million rubl miqdorida jarima solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Google Moskva sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing