Moskva metrosida erkak sevgilisini poyezd ostiga tashladi (video)

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi metroda sobiq sevgilisini poyezd ostiga itarib yuborgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda kecha, 14 mart kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasining Moskva metropolitenidagi xodimlari politsiya bo‘limiga odam o‘ldirishga urinishda gumonlangan erkakni olib kelgan. 

Voqea 13 mart kuni kechqurun Zamoskvoretskaya liniyasidagi Voykovskaya metro bekatida sodir bo‘lgan. Unda bir erkak sobiq sevgilisi bilan janjal paytida uni platformadan yaqinlashib kelayotgan elektr poyezd oldiga itarib yuborgan. Haydovchi shoshilinch tormozni bosishga muvaffaq bo‘lishi natijasida qiz jiddiy jabr ko‘rmagan.

Hozirda materiallar protsessual qaror qabul qilish uchun tergov organlariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Moskva metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing